Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aleksey Navalniyning sheriklari siyosatchini qidirib Moskvadagi aksariyat izolyatorlarni tekshirib chiqdi, biroq uni hech qayerdan topa olmadi, dedi Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi direktori Ivan Jdanov.

Foto: Twitter
Baza nashrining Aleksey Moskvada ekani va u bilan tergov harakatlari olib borilayotgani haqidagi ma’lumoti tasdiqlanmadi. Tergov advokatlarsiz amalga oshirilmaydi. Barcha tergov harakatlari Vladimirda o‘tkazib bo‘lingan. Sakkiz kundan beri Aleksey Navalniyning qayerdaligini bilmaymiz, — deb yozdi Jdanov ijtimoiy tarmoqda.

Siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmishning qo‘shimcha qilishicha, Navalniy shifokorlar nazoratida ekani haqidagi mish-mishlar tasdiqlanmagan.

Aleksey “shifokor nazorati ostida” degan mish-mishlar ham bor edi. Biz bu mish-mishlarga ishonmaymiz va bizda ularning tasdig‘i yo‘q. Alekseyga uch yil davomida tibbiy yordam ko‘rsatilmadi, bir yildan ko‘proq vaqt davomida unga hatto tish shifokoriga borishga ham ruxsat berilmadi, — deb yozgan Yarmish.

11-dekabr kuni Vladimir viloyatining Melexovo qishlog‘idagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasi xodimlari Aleksey Navalniy endi ularning ro‘yxatida yo‘qligini ma’lum qildi. Koloniya uning qayerga ko‘chirilganini oshkor qilmadi. Bungacha advokatga siyosatchi bilan uchrashishga ruxsat berilmagan, Navalniyning o‘zi esa sud majlislariga videoaloqa orqali ishtirok etmagan. 12-dekabr kuni Baza Telegram kanali o‘z ma’lumoti manbalarini ko‘rsatmay, Navalniy vandalizm bo‘yicha yangi jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Moskvaga ko‘chirilganini yozdi.

Aleksey Navalniy 2021-yil boshidan beri qamoqda. 2023-yil avgustida Moskva shahar sudi siyosatchini “ekstremizm” ishi bo‘yicha maxsus rejimli koloniyada 19 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Siyosatchining g‘oyib bo‘lishi uning jazo o‘tash uchun yangi koloniyaga o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »