Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida yakka tartibdagi tadbirkor K.K. o‘z uyida fuqaro Q.L. bilan ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida ulanib, 141,9 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan IIB va gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.J “B.” MFY hududidagi uyida yashirin sex tashkil qilib, o‘g‘irlik yo‘li bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olib, isteʼmolchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan chips mahsulotlarini ishlab chiqarayotgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Toshkent va Andijon viloyatlarida ohak ishlab chiqarish sexi va issiqxona gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 876 million so‘m zarar yetkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda yil boshidan buyon huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 26 ta noqonuniy mayning ferma fosh qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »