Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya parlamentida Isroilni keskin tanqid qilganidan keyin yurak xurujiga uchragan deputat Hasan Bitmez ikki kun o‘tib, kasalxonada vafot etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: reuters


Saodat partiyasidan bo‘lgan 54 yoshli deputat parlament oldidagi minbarda turgan chog‘ida yurak xurujiga uchragan va polga yiqilgan. U minbarda Isroilni qo‘llab-quvvatlayotganlarni keskin tanqid qilgan.

“Qo‘llaringizda falastinliklar qoni bor. Sizlar Isroilning sherigisizlar. Isroil G‘azoga tashlayotgan har bir bombada hissangiz bor. Tarix azobidan qutulsangiz ham, Alloh azobidan qutula olmaysiz”, — degan Hasan Bitmaz.

U prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning hukmron partiyasini (AKP) G‘azodagi urushga qaramay Turkiyaning Isroil bilan savdosini davom ettirayotgani uchun tanqid qilgan.

“Sizlar Isroilga kemalarning borishiga ruxsat berasiz va uyalmasdan buni savdo deb atayapsiz... Isroilning sheriklarisizlar”, — degan Bitmaz minbarda.

U minbarga “Qotil Isroil; AKP hamkori” deb yozilgan bannerni joylashtirgan. Deputat so‘zini tugatgach, birdan chalqanchasiga yiqilgan, boshqa deputatlar esa o‘rinlaridan turib unga yordam berishga shoshilgan. 

“Bitmez Anqara shahar kasalxonasida vafot etdi. Angiogrammada uning yuragidagi ikkita asosiy tomir to‘liq yopilib qolgani ma’lum bo‘ldi”, — dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »