Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yoqqan qor sabab Ustyurt tekisligida havo keskin sovudi, oqibatda avtomobillar muzlab, harakatdan to‘xtab qolmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda. 

Ayni paytda Ustyurt tekisligidagi vaziyat shunday holatda, — deyiladi boshqarmaning 13-dekabr kuni 21:51 da tarqatgan xabarida.

Videodan anglashilishicha, boshqarma xodimlari nafaqat yengil avtomobillarga, balki yuk avtomobillariga ham yordam ko‘rsatmoqda. Xodimlar shuningdek, yo‘lda yonilg‘isi tugab qolgan avtomobillarga yonilg‘i quyib berayotganini ham ko‘rish mumkin. 

“O‘zgidromet” 15-dekabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lishini, yog‘ingarchilik kutilmasligini ma’lum qildi.  Qayd etilishicha, shu kuni kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »