Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Kongressining Vakillar palatasi mamlakatning 2024-moliya yili uchun (oktyabr oyida boshlangan) 886 milliard dollar miqdoridagi mudofaa budjeti loyihasini ma’qulladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: Inforesist

Hujjatni 310 kongressmen qo‘llab-quvvatlagan, 118 nafari qarshi chiqqan. Avval loyiha AQSH Senati tomonidan ma’qullangan edi. Endi u imzolash uchun prezident Jo Baydenga yuboriladi.

Hujjat mudofaaga rekord darajada mablag‘ ajratishni nazarda tutadi, bu summa o‘tgan yilga nisbatan taxminan 3 foiz ko‘p.

Loyiha, shuningdek, Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi muddatini uzaytirishni ko‘zda tutadi, unga ko‘ra, AQSH 2024-yilda Kiyevga 300 million dollar ajratadi. Bu puldan, deb yozadi Politico, Pentagon tomonidan Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun foydalaniladi.

Hujjat, shuningdek, Ukrainaga yuborilayotgan harbiy yordamni nazorat qilishning yangi mexanizmlarini joriy etishni ham o‘z ichiga oladi.

Xavfsizlik uchun yana 106 milliard dollar ajratish haqida boshqa qonun loyihasi AQSH Kongressida ichki siyosiy kelishmovchiliklar tufayli to‘xtab qolgandi. Ushbu summadan 61,4 milliardi Kiyevga yordam uchun yuborilishi kerak edi.

AQSH Senati qonun loyihasi ustida ishlashni davom ettirish uchun 14-dekabrdan keyin boshlanadigan Rojdestvo ta’tilini keyinga qoldirishi kutilmoqda.

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ deyarli tugab qolganini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »