Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filialining temiryo‘l vokzallarida moliyaviy intizom hamda chipta sotuvchilar tomonidan chiptalarni rasmiylashtirish texnologiyalariga amal qilish holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda kamomadlar aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Xususan, filialning Qo‘qon temiryo‘l vokzalida 2022-yilning aprel oyidan 2023-yilning may oylari davrida bank plastik kartalari orqali xarid qilingan chiptalarning rasmiylashtirilishidagi soxta maʼlumotlar fosh bo‘lgan. Aslida qaytarilmagan chiptalar buyruqlarda ko‘rsatilib, yangi chiptalar begona shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirilishi natijasida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ manfaatlariga 68,8 million so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan chiptaxonalar hisobotlari bank aylanma maʼlumotlari bilan solishtirilganda Marg‘ilon temiryo‘l vokzalida 298,8 million so‘m, Farg‘ona shahridagi temiryo‘l chiptaxonasida 66,6 million so‘m kamomad aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, may oyida “Daryo” nashrida “Biletlar qo‘lga chiqib ketadi”. Viloyatlarga qatnovchi poyezdlar chiptalarini yashirin sotish holatlari ko‘pligi aytilmoqda” nomli material eʼlon qilingan edi. Unda Facebook foydalanuvchilari tomonidan O‘zbekiston temiryo‘l kassalaridan chipta sotib olishda muammolar yuzaga kelayotgani, reyslar soni kamligi va poyezdlarning oraliq intervali uzunligi yuzasidan bildirilgan fikrlari jamlangan. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmati mazkur materialga munosabat bildirdi. Unda temiryo‘l transportidan foydalanishda yo‘lovchilar jo‘nash muddatidan 1 oy va undan ham oldinroq chiptalarni xarid qilayotgani, shu bois bayramlar arafasida chiptalar yetishmasligi ko‘pchilikda noto‘g‘ri tushuncha uyg‘otgani aytilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »