Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonga 17-dekabr kuni iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, qor va sovuq ob-havo olib kelgan sovuq antisiklon tez chekinmoqda. Respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5 daraja sovuqqacha kuchsizlashadi, 15-dekabr kuni kunduzi havo 4-9 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning shimolida ham havo iliqlashadi, ammo kunduz kuni hali ham harorat 3-8 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

16-dekabr, shanba kuni janubiy hududlardan nam havo massasi respublikaning markaziy hududlariga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kunduzgi havo harorati 0-5 daraja iliqqacha pasayadi. Tog‘li hududlarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

17-dekabr, yakshanba kuni respublikning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi harorat 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda  juma va yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, shanba kuni vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 15-dekabrda 6-8 daraja iliq, 16—17-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 16-dekabrda 0-2 daraja iliq, 17-dekabrda 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »