Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Toshkentdagi yirik supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxini o‘rgandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, institut mutaxassislari tomonidan dekabr oyida poytaxtdagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi ko‘rib chiqilgan.

Natijada  8 xil mahsulot bo‘yicha o‘tgan oydagiga nisbatan minimal narxlar pasaygani aniqlangan. Xususan, oq karam 22 foizga, guruch 15,6 foizga, qizil sabzi 10 foizga, kungaboqar yog‘i 7,4 foizga, sariq piyoz 6,8 foizga, margarin 6,6 foizga, limon 5,6 foizga hamda lavlagi 5,1 foizga pasaygan.

Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

Bundan tashqari, 4 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. “Ayniqsa, pomidor va bodring narxining oshishi yaqqol seziladi. Shuni ta’kidlash kerakki, xuddi shunday tendensiya o‘tgan yilda ham kuzatilgandi. Bu esa ushbu mahsulotlarni bozorga etkazib berishda mavsumiy omillarning ta’siri borligidan dalolat beradi”, — deyiladi xabarda.

Tahlillarga ko‘ra, 9 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Ularning orasida grechka, sut, bug‘doy uni kabilar bor.

Eslatib o‘tamiz, may oyida O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yil birinchi choragi uchun “Iste’mol kayfiyati sharhi”ni e’lon qilgandi. Tadqiqotda respondentlarning daromadlari va xarajatlari, ularning jamg‘armaga moyilligi, shuningdek, kelajakdagi ehtiyojlari tahlil qilingan.

Qayd etilishicha, o‘tgan davrda iste’mol kayfiyat indeksi 2022-yilning IV choragiga nisbatan 2,3 bandga kamayib, 23,9 bandni tashkil etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »