Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona, Andijon va Buxoro viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.Tadbirda fuqaro A.S. jami 173 dona “Zardeks” va “Fenobarbital” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini “Mustaqillik” MFY hududida o‘kazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.T.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.B. xaridorga hech qanday hujjatsiz 20 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 106 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Q.S.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi A.R. hech qanday hujjatsiz 40 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro N.R.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 60 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »