Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil askarlari G‘azo sektorining Shejaya tumanidagi jangda uch nafar garovga olingan isroillikni “xavf deya adashib”, otib o‘ldirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari bayonotida aytiladi.

Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, garovga olinganlarning jasadi Isroil hududiga yetkazilgan.

Harbiylar, shuningdek, halok bo‘lganlardan ikki nafarining ismini aytdi: 7-oktyabr kuni HAMAS tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Yotam Xaym va Samer Talalk. Uchinchi asirning oilasi u haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni so‘ragan.

Foto: Telegram
“Isroil mudofaa kuchlari voqeani zudlik bilan tergov qilishni boshladi. Isroil armiyasi bu faol jangovar hudud ekani, so‘nggi bir necha kun ichida janglar davom etayotganini ta’kidlaydi. Bu voqeadan darhol saboq olindi va u yerdagi barcha qo‘shinlarga yetkazildi”, — deyiladi bayonotda.

24-noyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida HAMAS bilan urushda vaqtinchalik sulh tuzdi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, HAMAS 81 nafar isroillik va yana bir qancha fuqarolarni ozod qilgan. Buning evaziga Isroil hukumati falastinliklarni — jami 210 kishini qamoqdan ozod etdi. 1-dekabr kuni Isroil mudofaa kuchlari jangovar harakatlar qayta boshlanganini e’lon qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »