Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Facebook asoschisi Mark Sukerberg Gavayida yerosti bunkerini o‘z ichiga olgan va oziq-ovqat, energiya manbalariga ega bo‘lgan 100 million dollarlik ulkan majmua qurmoqda. Wired nashrining yozishicha, loyiha maxfiy bo‘lib, milliarder oxirzamonga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beradi.

Kollaj: “Daryo”

Koolau Ranch nomi bilan tanilgan majmua allaqachon qisman qurilgan va zamonaviy tarixdagi eng qimmat shaxsiy qurilish loyihalaridan biri hisoblanadi. U o‘ndan ortiq binolardan, jumladan, ikkita markaziy saroydan iborat bo‘ladi, ular besh ming kvadrat metrlik yerosti boshpanasiga olib boruvchi tunnel orqali tutashib, zinapoyadan ko‘tarilish mumkin bo‘lgan favqulodda chiqish lyukiga ega bo‘ladi.

Majmuada kamida 30 ta yotoqxona va 30 ta hammom, shuningdek, mehmon uylari va arqonli ko‘priklar orqali bog‘langan 11 ta “disk shaklidagi” daraxt uylari bo‘ladi. Yerosti bunkerining yashash maydoni, mexanik xonasi va “portlashdan himoyalangan” beton va temir eshigi bo‘ladi. 

Majmuadagi barcha binolarning chiqish va kirishi tugmachali qulfli va ovoz o‘tkazmaydigan eshiklar bilan jihozlanadi, kutubxonada esa qurilish hujjatlariga muvofiq maxfiy yoki shovqin o‘tkazmaydigan eshik bo‘ladi. Bir ishchining so‘zlariga kora, kameralar allaqachon “hamma joyda” va rejalarga ko‘ra, eng kichik binoning o‘zida 20 dan ortiq kameralar o‘rnatilgan.

Kompleksda Sukerbergning apokalipsisga tayyorlanayotganini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yana bir xususiyat mavjud. Qurilish rejalariga ko‘ra, ishchilar majmuani to‘liq o‘zini-o‘zi ta’minlashga umid qilmoqda. Diametri 55 fut va balandligi 18 fut bo‘lgan suv rezervuari nasos tizimi bilan birga 1400 gektar yerni fermalar va qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan maydonga joylashtiriladi.

Sukerberg, shuningdek, majmua atrofida olti futlik devor qurdirgan va o‘zining barcha pudratchi ishchilarini, ularning darajasi yoki ishtirokidan qat’iy nazar, binolardagi ishlarining maxfiyligi to‘g‘risida shartnoma imzolashga majbur qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »