Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev jurnalist va blogerlar uchun doimo ochiq ekanini, ularni qiziqtirgan har qanday savolga javob berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda xabar bergan “Daryo” jurnalistiga ko‘ra, bugun, 16-dekabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan media-tur tashkil etilib, unda viloyati hokimi respublikada faoliyat yurituvchi jurnalist va blogerlar bilan yuz ko‘rishgan. Hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida shaxsan ma’lumot bermoqchiligini bildirgan. 

Haqiqiy holatni ko‘rsatishda, albatta, siz jurnalist va blogerlarning o‘rningiz katta. Ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda bu judayam kerakli hisoblanadi. Shuning uchun bizning maqsadimiz ham siz orqali Sirdaryo viloyatida islohotlar qanday bo‘y ko‘rsatayotganini xalqqa, jamoatchilikka ko‘rsatib berishdan iborat, — deydi viloyat rahbari. 
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Sirdaryo hokimi jurnalistlar bilan muloqot qilar ekan, OAV vakillari uchun doimo ochiq ekanini ta’kidlagan. 

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Men jurnalist va blogerlar uchun doimo ochiq bo‘lganman va ularni qiziqtirgan savollarga javob berishga tayyorman. Bugun media-tur davomida qishloq xo‘jaligi, investitsiya, iqtisodiy yo‘nalishlarda qanday ishlar amalga oshirilayotgani bilan ham tanishishingiz mumkin, — dedi Akmaljon Mahmudaliyev.
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Dastlab Sirdaryo tumanidagi “Peng-Sheng” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishgan jurnalistlarga korxona negizida tashkil qilingan “AWP” va “Peng Sheng charm” korxonalari, Oqoltin tumanidagi “Agromarkaz” faoliyati tanishtirilgan. 

Ma’lumot berilishicha, O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi 2009-yilda ish boshlagan bo‘lib, umumiy qiymati 26 million dollar bo‘lgan. Loyihaning bugungi investitsion imkoniyati 100 million dollarga chiqqan. 

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Yangi ish o‘rinlari ikki mingdan oshdi. Avvaliga faqatgina keramik kafel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, endilikda santexnika mahsulotlari, qayta ishlangan va ishlov berilgan terilar, dekor panellari, tomchilatib sug‘orishda foydalaniladigan yelim quvurlar, maxsus suv o‘tkazgichlar,  plyonkalar, ayollar va erkaklar poyabzallari, charm buyumlar kabi o‘ndan ziyod loyihalar ishga tushirildi.
Ishlab chiqarish maydoni 100 gektarga yetkazilib, mahsulotlar eksporti MDH davlatlari, Xitoy va Yevropagacha cho‘zildi. Ahamiyatlisi, joriy yilning aprel oyida davlatimiz rahbari ushbu korxonaning qiymati 10 million dollar bo‘lgan 2 ta yangi loyihasiga ham shaxsan start berdi. Ular marmar toshlaridan 40 turdagi tayyor mahsulot va terining chiqindiga chiqarib yuboriladigan “oksil” qismidan jelatin ishlab chiqarishdir, — deydi OAV vakillariga axborot bergan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Mirrahimov.
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Media-tur davomida qo‘shimcha qilinishicha, “Peng Sheng charm” korxonasining terini qayta ishlash va jelatin ishlab chiqirish loyihasining umumiy qiymati 4,2 million dollarga teng. Yiliga 1500 kv/metr turli xil o‘lchamdagi tabiiy charm hamda 468 ming kilogramm jelatin mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Xitoy hamda MDX davlatlariga eksport qilinmoqda.

Media turdan so‘ng, viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »