Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 18—20-dekabr kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 18-dekabrda baʼzi joylarda qor yog‘adi, 19-dekabrda baʼzi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 20-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 18—19-dekabr kunlari  ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 19-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 20-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19-dekabrda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 18—19-dekabrda ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 19-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 20-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 18-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 19-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 20-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19-dekabr kuni baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 19-dekabrda ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 19—20-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 19-dekabrda ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 18-dekabrda 10-15 daraja iliq, 19-dekabrda 8-13 daraja iliq, 20-dekabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 18-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 19-dekabrda kechasi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 18-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19—20-dekabrda baʼzi joylarda qor yo‘g‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 19-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 20-dekabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonning ayrim hududlarida 16-dekabr kuni biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »