Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazm viloyatidagi bog‘chalardan birida bolalarni urib dars o‘tgan tarbiyachilar ishdan bo‘shatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. Hozirda ushbu fakt bo‘yicha Urganch tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

So‘nggi paytlarda turli taʼlim muassasalarda taʼlim-tarbiyaga masʼul shaxslarning noloyiq, qo‘pol muomalasi yoki ozor berishi oqibatida bolalarga turli darajadagi jarohat yoki emotsional-psixologik taʼsir ko‘rsatish holatlari uchramoqda.

Bolalar ombudsmani bunday holatlarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lib, bola manfaatlarini buzilishiga yo‘l qo‘yayotganlarni nafaqat lavozimidan yoki vazifasidan ozod etish, balki ularga qonun doirasidagi tegishli javobgarlik choralari ko‘rilishi zarur, deb hisoblaydi.

“Zeʼro, bolalarga nisbatan sodir etilgan har qanday zo‘ravonlik holatining javobsiz qolishi bunday nomaʼqul amaliyotni davom etishiga olib keladi. Shuningdek, pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik ko‘rikdan o‘tkazilishi muhim. Xususan, ularning bola bilan yaqindan muloqot qilishga psixologik va emotsional jihatdan tayyorligi darajasi va mental sog‘lig‘i barqarorligi tizimli ravishda tekshiruvdan o‘tkazilishi maqsadga muvofiq”, — deydi Bolalar ombudsmani.

Avvalroq Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov Rossiyadagi eri bilan janjallashib qolib, ikki nafar qiz farzandini kaltaklab videoga olgan ona voqeasiga munosabat bildirgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »