Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlashga oid masala ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining 20 nafardan ortiq bitiruvchilari ishtirok etgan ochiq tanlov yakunida 18 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Adiba Hayitova  – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Nargiza Kabirova – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Bahodir Muhamedonov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Anvar Safarov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘ron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Botir Sanayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Ilyos Boltayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Azimjon Xakimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Shoxabbaz Rozimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Alisher Turg‘unov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Jasur Xojimurodov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Dadajon Jo‘raboyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Shahobiddin Kosimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining raisi lavozimiga;

Muzaffar  Xolikov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

 Farxodjon Mirzayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Nuraddin Tairov  – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Jurʼat  Pirjonov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Xorazm viloyati Urganch tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;

Ilyorbek Shomurotov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Xorazm viloyati Urganch tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;

Akmaljon Xujanazarov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Jizzax viloyati Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, ochiq tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan

  • Jalgas Amaniyazov — Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Damir Ziyambetovni — fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  •  Farxad Ibragimovni — jinoyat ishlari bo‘yicha Taxtako‘pir tuman sudining raisi lavozimiga;
  • Jetkinshek Kdirniyazovni — jinoyat ishlari bo‘yicha Mo‘ynoq tuman sudining raisi lavozimiga;
  •  Gulnaz Utepbergenovani — jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining sudyasi lavozimiga (sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga) tayinlash maqsadga muvofiq, deb topilgani haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnomalar kiritildi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi. Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »