Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Bekobod tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Bekobod tumani bo‘limlari tomonidan IIB va “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro S.Q. “Yoshlik” MFY hududidagi xonadonining yordamchi xo‘jaligida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanib, jami 394,2 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Toshkent va Andijon viloyatlarida ohak ishlab chiqarish sexi va issiqxona gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 876 million so‘m zarar yetkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda yil boshidan buyon huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 26 ta noqonuniy mayning ferma fosh qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »