Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Forbes dunyo milliarderlarining dekabr oyi holatiga ko‘ra reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, hamon Ilon Mask 1-pog‘onani egallab turibdi. Uning boyligi 245 mlrd AQSH dollari sifatida baholangan. Ikkinchi o‘rinni fransuz milliarderi, Louis Vuitton kompaniyasi rahbari Bernard Arno 191 milliard dollar bilan band etdi.

Amazon asoschisi Jeff Bezos 3-o‘rinda. Uning boyligi dekabr oyida 168 mlrd dollardan oshgan.

Foto: Google Images

Umuman olganda, noyabr oyi milliarderlar uchun aksiyalar narxi bo‘yicha juda yaxshi oy bo‘ldi. Dunyodagi eng boy 10 kishining barchasida daromad oshishi kuzatilgan. Ularning boyligi jami 9 foizga o‘sdi.

Forbes talqiniga ko‘ra 2023-yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra dunyoning eng boy 10 nafar milliarderi:

  1. Ilon Mask (245,3 milliard dollar)
  2. Bernard Arno (191,3 milliard dollar)
  3. Jeff Bezos (168,4 milliard dollar)
  4. Larri Ellison (146,5 milliard dollar)
  5. Uorren Baffet (119,3 milliard dollar)
  6. Bill Geyts (117,6 milliard dollar)
  7. Mark Sukerberg (115,9 milliard dollar)
  8. Stiv Balmer (112,8 milliard dollar)
  9. Larri Peyj (111,7 milliard dollar)
  10. Sergey Brin (107,3 ​​milliard dollar)

Forbes oktyabr oyida AQSHning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »