Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namanganda joriy yil 11 oyi davomida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalarining qariyb yarmi yoki 443 tasi piyodalar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Oqilxon Mamajanov

Foto: Oqilxon Mamajanov

Piyodalar ishtirokidagi YTHlar oqibatida 47 nafar fuqaro vafot etdi, 402 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

Foto: Oqilxon Mamajanov

Foto: Oqilxon Mamajanov

“Bunday hodisalar soni 2022-yilning shu davriga nisbatan 4,5 foiz, ularda vafot etganlar soni 28,8 foiz, tan jarohati olganlar soni 1,5 foizga kamaydi. Biroq ushbu raqamlar baribir bizda tashvish uyg‘otmay qo‘ymaydi. Shu sababli bu yo‘nalishda muntazam ravishda reydlar o‘tkazib, yo‘llarni belgilanmagan joylarda kesib o‘tayotgan, yo‘ldan o‘tish chog‘ida telefon qurilmalaridan foydalanayotgan piyodalarga jarimalar qo‘llanmoqda. Joriy yilning shu kuniga qadar yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan 11 319 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan haydovchilarga ham choralar ko‘rilmoqda”, — deydi viloyat IIB YHXB axborot guruhi mutaxassisi Erkin Sattorov.

Foto: Oqilxon Mamajanov

 “Daryo” muxbiri ishtirok etgan reyd davomida bir kunning o‘zida yo‘l harakati qoidalariga rioya etmagan 60 nafar piyoda va 20 nafar piyodalarga yo‘l bermagan haydovchi aniqlandi. Ularga nisbatan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Foto: Oqilxon Mamajanov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »