Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statistika agentligi bergan maʼlumotlarga ko‘ra, yanvar-oktabr oylarida gaz qazib olish hajmi o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 4,1 milliard kubometrga kamaydi.

 
Infografika: Statistika agentligi

Joriy yilning 10 oyi ichida respublikada 38,9 milliard kubometr tabiiy gaz qazib olingan. Taqqoslash uchun, 2022-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 43 milliard kubometrni tashkil etgan.

Infografika: Statistika agentligi

Avvalroq agentlik taqdim qilgan statistik raqamlarda 2022-yil yakunida O‘zbekistonda 51,6 milliard kub metr, 2021-yilda 53,8 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olingani aks etgandi. Yaʼni 2021 va 2022-yillar oralig‘ida gaz qazib olish hajmi 2,2 milliard kub metrga kamaygandi.

Infografika: Statistika agentligi

Shu yilning avgust oyida “Daryo” muxbiri bilan suhbatda “O‘zbekneftgaz” raisining o‘rinbosari Behzod Usmonov O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi kamaymaganini aytgandi.

“Hali ko‘p gazimiz bor. Gaz qazib olish hajmi kamaygani yo‘q. Hozir ishlab chiqarilgan gaz yetishmasligi aholi sonining oshayotgani bilan bog‘liq. Odamlar ham ko‘paymoqda, ishlab chiqarish quvvatlari ham oshmoqda. Yaʼni energetikaga talab juda yuqori. To‘g‘ri, asosiy va eng yirik konlarimizda ishlab chiqarish pasaymoqda. Buning oldini olish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti. Xususan, yangi konlar, quduqlarni burg‘ilash ishlari olib borilyapti. Bu yil ham bir nechta yangi konlar ochilishi rejalashtirilgan”, — degan rais o‘rinbosari.
Foto: “Daryo”

Bugungi kunda O‘zbekistonda 287 ta gaz konlari mavjud bo‘lib, ulardan 123 tasi “O‘zbekneftgaz” tasarrufida. Mamlakatdagi umumiy gaz zaxiralarining hajmi 1,8 trillion kub metr. Shundan 50 foizi — 900 milliard kub metri “O‘zbekneftgaz” konlaridagi gaz zaxiralari hisoblanadi.

Joriy yil 16-iyunda tuzilgan shartnomaga muvofiq, Rossiya O‘zbekistonga gaz eksport qilishni boshlagan. Hujjatga asosan, kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilinishi belgilangan, yillik import hajmi esa  2,8 milliard kubometrga yetish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban, Energetika vazirligi “Rossiyadan sotib olinayotgan gaz qish faslida O‘zbekiston ehtiyojining yetishmayotgan qismini qoplaydi”, — deya javob qaytargandi. Biroq Rossiya gazi necha puldan sotib olinayotgani haligacha ochiqlanmagan. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Rossiyaga gaz uchun qancha to‘lashini ayta olmasligi, lekin narxni belgilashda milliy manfaatlardan kelib chiqilganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »