Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Namangan shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan G‘ofur Jamolov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlarga Namangan shahar hokimi lavozimiga Anvarjon Otaxo‘jayev nomzodi tavsiya etildi. Ular nomzodni qo‘llab-quvvatladi.

Anvarjon Otaxo‘jayev 1972-yili Namangan shahrida tug‘ilgan bo‘lib, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1994-yildan boshlagan. O‘tgan vaqt davomida Namangan viloyat statistika, mehnat, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari, viloyat hokimligi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston oziq-ovqat xolding kompaniyasi, “O‘zparrandasanoat” uyushmasi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida turli masʼul vazifalarda faoliyat yuritgan.

Anvarjon Otaxo‘jayev 2019-yildan hozirgi kunga qadar Chortoq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq Andijonning Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlangandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »