Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afsuski, maktab, bog‘cha va boshqa muassasalarda bolalarni kaltaklash, ularga nisbatan taʼziq hamda zo‘ravonlik holatlari uchrab turibdi.

Foto: “Daryo”

Endilikda Bolalar ombudsmaniga mansabdor shaxslarga bola huquqlariga rioya etilishi buzilishi va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish huquqi belgilanmoqda. Bunday huquq Bolalar ombudsmani faoliyati taʼsirchanligini oshiradi. Xususan, bu bola manfaatlarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan har qanday mansabdorga tegishli chora ko‘rilishiga erishish imkonini yaratadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida  “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Ushbu qonun bilan Bola huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi, uning huquqlari, majburiyatlari, vazifalari va vakolatlari hamda Bola huquqlari bo‘yicha vakilning davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro munosabatlari belgilanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »