Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyada HAMAS guruhi vakillarining maxfiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda guruh siyosiy byurosi raisi o‘rinbosari Solih al-Aruriy, guruh sobiq rahbari Xolid Meshal va boshqa bir qator yuqori martabali vakillar ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Isroilning Kan radiostansiyasi.

Solih al-Aruriy
Foto: Anadolu

Uchrashuvda HAMASning Isroil bilan urushdagi keyingi qadamlari muhokama qilingan.

Radiostansiya qayd etishicha, HAMAS yetakchilari masofadan o‘tkazilgan muzokaralarda aytilgan gaplardan Isroil razvedka xizmatlari xabar topmasligi uchun shaxsan uchrashishga qaror qilgan. Kan ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyadagi uchrashuvda boshqa masalalar qatori G‘azo sektori va Livandagi jangchilarning faoliyati, shuningdek, garovga olinganlarni ayirboshlash bo‘yicha yangi kelishuv muhokama qilingan.

Yangi sulhga tayyorgarlik

17-dekabr kuni Reuters o‘z manbalariga tayanib, Isroil va HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tiklashga tayyorligini ma’lum qildi. Yangi otashkesim e’lon qilish uchun HAMAS bir tomonlama ozod qilish tartibi uchun garovga olinganlarning ro‘yxatini talab qilmoqda. Ular, shuningdek, Isroil armiyasining oldindan kelishilgan chiziqlarga chekinishni talab qilmoqda, biroq Reuters Isroil oxirgi talabga rozi bo‘lmaganini yozdi.

Misr va Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi sifatida qatnashib, sulh boshlanishidan oldin G‘azo sektori janubida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti – Kerem Shalom ochilishini talab qildi. 17-dekabrda ushbu nazorat-o‘tkazish punkti ochilgan, biroq u orqali insonparvarlik yordamlarini tashish hali boshlanmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »