Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Human Rights Watch (HRW) inson huquqlari tashkiloti Isroil hukumatini G‘azo sektorida sun’iy ravishda ocharchilik yaratishda aybladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Foto: AP Photo

Isroil urush olib borish usuli sifatida tinch aholiga ocharchilik orqali azob berayotgani, bunday harakatlar “harbiy jinoyat” sanalishi ta’kidlangan.

“Isroil harbiy kuchlari ataylab suv, oziq-ovqat va yoqilg‘i yetkazilishiga qarshilik qilmoqda, shu bilan birga gumanitar yordamga ataylab to‘sqinlik qilmoqda, aftidan, qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qilmoqda va tinch aholini yashashi uchun zarur bo‘lgan narsalardan mahrum qilmoqda”, — deyiladi bayonotda.

HRW Isroil hukumatini ochlikni “urush usuli” sifatida qo‘llashni to‘xtatishga va G‘azo sektoridagi “blokada”ni bekor qilishga chaqiradi. Tashkilot, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya va boshqa davlatlarni Isroilga harbiy yordamni to'xtatishga chaqirdi.

“Isroil hukumati suv va elektr energiyasidan foydalanishni tiklashi, shuningdek, juda zarur bo‘lgan oziq-ovqat, tibbiy yordam va yoqilg‘ining G‘azoga, jumladan Kerem Shalom nazorat o‘tkazish punkti orqali yetkazib berilishiga ruxsat berishi kerak”, — deya taʼkidlaydi tashkilot.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »