Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu davlat budjetining mudofaa uchun sarflanadigan xarajatlarini yiliga 20 milliard shekelga (deyarli 5,5 milliard dollar) oshirish zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Isroil hukumati mudofaa budjetini raqamlarda oshirgan bo‘lsa-da, lekin aslida YIMga nisbatan foizda kamaygan.

“Biz endi bu siyosatni davom ettira olmaymiz. Bundan buyon biz mudofaa budjetini yiliga kamida 20 milliard shekelga oshirish, shuningdek, xavfsizlik ehtiyojlarimizni qondirish uchun yalpi ichki mahsulotning mudofaa xarajatlari bo‘yicha ulushini oshirishimiz kerak”, — dedi Netanyaxu.
Foto: Reuters

U, shuningdek, urush sharoitida Isroil iqtisodiyoti barqarorligini saqlash muhimligini ta’kidladi va G‘azo sektoridagi harbiy operatsiya maqsadlari o‘zgarmasligini yana bir bor aytib o‘tdi.

“Maqsadlar HAMAS harakatini yo‘q qilish, garovga olinganlarni ozod qilish va uzoq muddatli — G‘azo sektoridan Isroilga tahdidlarni bartaraf etish”, — dedi Netanyaxu.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »