Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil harbiylari tunda G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageriga zarba berdi. Oqibatda kamida 90 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Anadolu

Bundan tashqari, sektordagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir al-Burshning aytishicha, Isroil ikki turar joy binosiga zarba bergani oqibatida kamida 33 kishi, jumladan, kamida 15 bola halok bo‘lgan. 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. Tez tibbiy yordam xodimlari va aholi yaradorlarni qidirmoqda, vayronalar ostida yana ko‘p jasadlar borligi taxmin qilinmoqda. 

Ta’kidlanishicha, 50 kishi vayronalar ostida qolmoqda. Falastinlik qutqaruvchilar hududga yetib bora olmayapti. Isroil kuchlari lager atrofini tanklar bilan qurshab olib, Jabaliyaga ikki hafta davomida hujum qildi. 17-dekabr kuni tunda hududga havo hujumlari kuchaygan.

  • Jabaliya G‘azo sektoridagi sakkizta falastinlik qochqinlar lagerining eng kattasidir. U 1948-49 yillardagi arab-isroil urushidan so‘ng tashkil etilgan va BMT ro‘yxatidan o‘tgan 116 ming qochqin yashaydi. Isroil lagerni HAMAS tayanchi deb biladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »