Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, 18-dekabr kuni G‘ofur Jamolov Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

G‘ofur Jamolov 1974-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2006-yilda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997-yilda Namangan shahar hokimligining “Iqtisodstat” boshqarmasi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. 2008—2009-yillarda Namangan viloyati hokimligining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari kotibiyati mudiri, 2009—2012-yillarda Iqtisodiyot vazirligi Demografiya va mehnat bozori bo‘limi bosh mutaxassisi, 2012—2017-yillarda Iqtisodiyot vazirligining uy joy, kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, 2017—2020-yillarda Uy-joy, kommunal xizmat vazirining o‘rinbosari, 2020—2021-yillarda esa Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

2021-yildan hozirgi vaqtgacha Namangan shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, J.M.Xatamov Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

2019-yilning may oyidan buyon viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida Jamoliddin Aloydinov ishlab kelayotgandi.

Bundan avval Namangan shahri hokimi etib Anvar Otaxo‘jayev tayinlangani haqida xabar berilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »