Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 18-dekabr, dushanba kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida havo 8-13 daraja iliqqacha isiydi.

Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.

19-dekabr kuni nam va nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Respublika janubida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

20—22-dekabr kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 20-dekabr, chorshanba kuni respublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi.

19—21-dekabr kunlari davrida havo harorati kechalari 0-5 darajagacha sovuq, shimolda 5-10 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 2-7 darajagacha iliqqa pasayadi, bu ushbu davr uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-3 darajaga pastdir.

22-dekabrdan harorat ko‘tarila boshlaydi, kunduz kunlari havo 7-9 darajagacha iliqqa isiydi. Havoning isishi keyingi dam olish kunlarida ham davom etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. 18—19-dekabr kunlari ayrim joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 9-11 daraja iliq bo‘ladi. 19-dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

20—22-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari asosan 2 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduzi 20-dekabrda 3-5 daraja iliq bo‘ladi, 21—22-dekabrda 7-9 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »