Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi vazifalar ijrosi, 2024-yilga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv va ishlab chiqarish dasturi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 22-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lganida istiqbolli geologiya maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha vazifalar qo‘ygan edi. Bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda soha mutasaddilari ushbu vazifalar ijrosi, 2024-yilga mo‘ljallangan geologiya-qidiruv va ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha axborot berdi.

Bu ishlar ikki yo‘nalishda – ham mavjud konlarda gaz qazib olish hajmini saqlab qolish, ham yangi zaxiralarni aniqlash bo‘yicha olib borilmoqda. Oxirgi yillarda geologiya-qidiruv ishlari 2-3 kilometrdan 4-5 kilometr chuqurlikkacha tushirildi. Buning natijasida yangi gaz zaxiralari aniqlandi, qo‘shimcha 4,4 milliard kub metr gaz qazib olindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilinib, ko‘plab istiqbolli quduqlarni ishga tushirish imkoni topildi. Buni davom ettirib, kelgusi yilda 3,5 ming kvadrat kilometr maydonda seysmik ishlar olib borish hamda yangi qidiruv quduqlari qurish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda buning uchun xorijiy investitsiyalar jalb etish, tarmoq korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Ilg‘or texnologiyalarni olib kelib, 6-7 kilometr chuqurlikda geologik burg‘ilashga o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Energiya manbalarini izchil yetkazib berish, shu bilan birga, hududlar va yirik korxonalar kesimida to‘lov intizomini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »