Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev viloyatdagi eng asosiy muammolar nimalardan iborat ekaniga oydinlik kiritdi. Bu haqda xabar bergan “Daryo” muxbiriga ko‘ra, viloyat rahbari jurnalist va blogerlarning savoliga javob berish davomida bu haqda ma’lumot bergan. 

Sirdaryoliklar, ayniqsa, gulistonliklarning hammasi biladiki, bizda eski bozor bor. Mablag‘ masalasida, qolaversa, obyektiv, subyektiv sabablarga ko‘ra, qolib ketmoqda. Lekin baribir biz shu joyni tartibga solishimiz shart. Xalqimiz o‘rgangan joy. Shu sabab muhtaram prezidentimizga bu masalada taklif kiritganimda mablag‘ masalasida ham ko‘mak beriladigan bo‘lgandi. Bu joylarni (bozorni) tartibga keltirmasak, Guliston Guliston bo‘lolmaydi-da. Eng asosiysi, ishlar boshlandi. Buni uddalaymiz, — dedi viloyat hokimi.
Foto: “Daryo”

Akmaljon Mahmudaliyevning bildirishicha, viloyatning asosiy muammolari ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi va elektr toki hisoblanadi. 

To‘g‘ri, ko‘plab muammolarga yechim topdik. Lekin ayni kunda ham xalqimizni qiynayotgan muammolar sifatida shularni tilga olamiz. Masalan, yo‘l muammosi haqida gapirsak, yo‘llarimizda 90-100 tonna og‘irlikka ega yuk avtomobillari yuribdi. Eng ko‘p ko‘priklar ham Sirdaryo viloyatida joylashgan. Bu ko‘priklarning ham muddati bor, albatta. Imkon qadar tartibga olishga urinyapmiz, ammo o‘ta og‘ir yuk tashuvchi avtomobillar yarim kechasi bo‘lsa-da, bu yo‘llardan o‘tmoqda. Bu ko‘priklarning aksariyati 70–80-yillarda qurilgan bo‘lib, bunday og‘ir yuk tashuvchi avtomobillarga moslashtirilmagandi. O‘sha paytda eng katta yuk avtomobili 8 tonnagacha yuk olgandir. Hozir esa og‘ir yuk avtomobillari ko‘priklarimizning yaroqsiz holga kelishiga sabab bo‘lmoqda, — deydi hokim. 
Foto: “Daryo”

Sirdaryo hokimining qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi yetti yilda O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar amalga oshirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »