Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Toshkentdan Qarshi va Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar qo‘yilishini maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 25, 26, 27, 28-dekabr kunlari 762/761-sonli Toshkent—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

762-sonli Toshkent—Qarshi yo‘nalishi

  • Toshkent 06:59 — Qarshi 10:33;

761-sonli Qarshi—Toshkent yo‘nalishi

  • Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20.

Shuningdek, 29, 30, 31-dekabr kunlari 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi:

775-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20;

776-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Avvalroq O‘zbekistonda talabalarga poyezd chiptalari uchun 50 foizli chegirma e’lon qilingandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan yo‘lovchilarni bayramoldi kunlarda manzillariga xavfsiz yetkazish va ularga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentdan Urganch, Nukus, Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »