Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Oliy Radasida safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi tayyorlandi.

Bu haqda Oliy Radaning “Xalq xizmatkori” partiyasi deputati, Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi aʼzosi Maryana Bezuglaya maʼlum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi loyihada chaqiruv yoshi 27 yoshdan 25 yoshgacha qisqartirilgan, shuningdek, ayollarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish ham ko‘zda tutilgan.

Foto: Google Images

Yangi loyihada ayollar Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda harbiy ro‘yxatga olinadi. Harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun dastlabki harbiy tayyorgarlikdan o'tadi.

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, yangi qonun loyihasida uzoq vaqt jangovar zonada bo‘lgan harbiy xizmatchilar uchun tanaffus muddati ham ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »