Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev viloyat hokimlarining Ommaviy axborot vositalariga ochiqligi borasidagi reytingning qaysi pog‘onasida turishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda viloyatda jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-tur yakunidagi hokim va OAV vakillari o‘rtasidagi muloqotda so‘z bordi. 

Foto: “Daryo”

“Daryo” jurnalistining xabar berishicha, Akmaljon Mahmudaliyev 16-dekabr kuni jurnalist va blogerlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytargan. 

Viloyat hokimi bo‘lishning ham o‘ziga yarasha talabi, mas’uliyati va ishonchi bor. Eng kattasi o‘ziga yarasha javobgarligi bor. Men Sirdaryo viloyatini boshqa viloyatlar bilan solishtirmagan ekanman. Har bir hududning o‘ziga yarasha imkoniyati, har bir rahbarning esa alohida boshqaruv uslubi bor. Shu sabab men bu savolingizga javob berolmayman. Reyting, hokimlarni solishtirish masalasini xalqning o‘zi yaxshi biladi. Xalqning o‘zi baho beradi, — deydi viloyat rahbari. 
Foto: “Daryo”

Sirdaryo hokimining ta’kidlashicha, u O‘zbekiston bo‘ylab xizmat safarlarida bo‘lganida barcha viloyat va tumanlarda o‘zgarish bo‘layotganiga, mas’ullar xalq uchun ishlayotganiga guvoh bo‘lgan. 

Prezidentimizning viloyat hokimlari va tuman hokimlariga berayotgan topshiriqlari ijrosi bo‘lmoqda. Viloyat hokimlari bilan o‘zimni solishtirish xayolimga ham kelmagan ekan, to‘g‘risi. Lavozimda ishlayotgan odam o‘ziga o‘zi baho berolmaydi. Bahoni xalq bersin, — deydi Akmaljon Mahmudaliyev. 

Sirdaryo hokimi avvalroq barcha OAVlar uchun doimo ochiqligini aytib, jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »