Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilga qadar mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqida aytib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident o‘z nutqida korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchi ekanini ta’kidladi.

“Bashariyat tarixiga nazar solsak, korrupsiya illati hatto eng qudratli va eng kuchli davlatlarni ham jar yoqasiga olib kelganiga va to‘liq parokanda qilganiga guvoh bo‘lamiz. Korrupsiya butun insoniyatga, barcha jamiyatlar asosiga, iqtisodiy taraqqiyotga zarba beradigan, qonun ustuvorligini buzadigan va xalqning davlat siyosatiga ishonchini keskin susaytiradigan, demokratik institutlar rivojiga to‘sqinlik qiladigan xatarli tahdiddir va u barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi rejalarimizga ham jiddiy putur yetkazadi”, — dedi davlat rahbari.

Tahlillarga ko‘ra, hozirda korrupsiyaning dunyo miqyosidagi zarari 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda.

“Ammo, men bu katta raqamlar haqiqiy holatni va korrupsiya natijasida ko‘rilayotgan real zararning aniq hajmini to‘liq ifoda eta olmaydi, deb hisoblayman. Eng yomoni — jamiyat ko‘radigan ma’naviy zarar ko‘lamini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev mazkur o‘tkir muammoning oqibatlarini chuqur anglagan holda, O‘zbekiston BMT, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotganini qayd etib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyani ishlab chiqib, hayotga tatbiq etamiz. Davlat idoralari faoliyatining yanada shaffofligini ta’minlash va hisobdorligini oshirish, ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslari va institusional mexanizmlarini mustahkamlashga alohida urg‘u beramiz”, — dedi prezident.

Prezident ongi va qalbi bolalikdan “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

“Ongi va qalbi bolalikdan ‘halollik vaksinasi’ bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvor vazifamizdir. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi dasturini O‘zbekistonda keng joriy etishdan manfaatdormiz”,  — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari korrupsiyaga qarshi kurashishda OAV o‘rnini ham qayd etib o‘tdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashishdek murakkab jarayonlarda eng oldingi saflarda borayotgan ommaviy axborot vositalarining o‘rnini alohida qadrlaymiz”, — dedi prezident.

Davlat rahbari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jurnalistlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish va ular ta’sirini yanada oshirish uchun Global media forumni o‘tkazishni taklif etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »