Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Burhon Kuldashev Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan viloyat hokimligi ijroiya apparati yig‘ilishida Burhon Kuldashev viloyat jamoatchiligiga tanishtirilgan.

Burhon Kuldashev 1988-yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilgan, yurisprudensiya yo‘nalishida oliy maʼlumotli. 2010-yildan tayinlovga qadar harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2019-yildan beri viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Jamshid Hotamov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »