Isroil prezidenti G‘azoda yangi gumanitar pauzaga tayyorligini ma’lum qildi
Isroil G‘azo sektorida navbatdagi gumanitar pauza va anklav aholisi uchun insonparvarlik yordami miqdorini oshirishga tayyor.
Bu haqda Isroil prezidenti Isaak Gertsog mamlakatdagi elchilar va diplomatlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Isroil garovga olinganlarning ozod etilishini ta’minlash uchun navbatdagi gumanitar pauza va qo‘shimcha gumanitar yordamga tayyor ekanligini tasdiqlay olaman”, — dedi Gertsog.
Isroil prezidentining ta’kidlashicha, bu borada mas’uliyat butunlay HAMAS rahbariyati tomonida.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar