Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda dekabr oyining 15 kunida ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga 73 milliard 274 million so‘mlik zarar yetkazildi

Foto: “O‘zenergoinspeksiya”

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” DXX, Bosh prokuratura, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda dekabr oyining 15 kunida o‘tkazgan nazorat tadbirlarida 411 nafar iste’molchining tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga jami 73 milliard 274 million so‘mlik zarar keltirilgani aniqlandi.

Toshkent viloyatida 20 ta holatda tizimga 25 mlrd 293 mln so‘mlik, Toshkent shahrida 30 ta holatda tizimga 11 mlrd 308 mln so‘mlikdan ziyod va Farg‘ona viloyatida 52 ta holatda tizimga 7 mlrd so‘mlikdan ziyod energoresurslar talon-toroj qilingan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi. Ushbu resurslarga talab ortgan paytda ham ulardan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy va o‘g‘rincha foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslari ta’minoti barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »