Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston hududlarida 91 mln tup, ya’ni rejaga nisbatan 107 foiz daraxt ko‘chatlari ekilishi ta’minlandi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyeva ma’lum qildi. Mamlakat miqyosida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirilgani natijasida yashil hududlar ko‘payishiga erishilmoqda.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘ va tog‘oldi hududi 580 gektar maydonida vazirliklar, idoralar va tijorat banklari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 320 ming tup turli xildagi manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, yangi bog‘lar barpo etilmoqda.

Mavjud 196 ta chiqindi poligonlari atrofida tez o‘suvchi daraxt turlaridan ixota daraxtzorlari barpo etish loyihasi ishlab chiqilib, hozirgi kunda 182 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi. Atrof-muhitga ta’sir xavfi I va II toifadagi sanoat korxonalari tomonidan “yashil belbog‘”lar barpo etish maqsadida 1 million 873 ming, o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon barpo etish maqsadida esa 5 million 186 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash maqsadida hududlarda 893 ta suv chiqarish quduqlari qazildi va 1058,7 km uzunlikda sug‘orish tizimlari joriy etilib, suv manbasi bo‘lmagan hududlarga ko‘chatlarni sug‘orish uchun 610 ta maxsus texnikalar jalb etildi. 

Joriy yil kuzgi mavsumda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tupdan — jami 2 million tup, maktabgacha ta’lim muassasalariga 836 ming tup, Ekologiya vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga 900 ming tup ko‘chatlar bepul yetkazib berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »