Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona, Navoiy va Buxoro viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.” MCHJga qarashli dorixona mudiri M.I. xaridorga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan uch xil turdagi 138 dona dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 1 293 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.M.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi D.N. xaridorga 50 dona “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jondor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “F.M.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchi F.I. hech qanday hujjatsiz to‘rt dona “Gabanerv” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.Sh.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 198 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »