Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya uzoq vaqtdan so‘ng Ukrainaga qarshi yana “Kinjal” gipertovushli raketasidan foydalandi. Bu haqda Britaniya razvedkasi ma’lum qildi.

Foto: BBC

Xabarga ko‘ra, Rossiya harbiy-havo kuchlari oxirgi marta 2023-yilning avgust oyida “Kinjal”dan foydalangan. Yangi hujumda raketa nishoni Ukraina harbiy aerodromi bo‘lgani aytilmoqda. Gipertovushli raketalar strategik ahamiyatga ega va yaxshi himoyalangan nishonlarni urish uchun mo‘ljallangan.

NATO hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday raketalarni oddiy havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ushlab olish deyarli imkonsiz. Shunga qaramay, Britaniya razvedkasi Rossiya Qurolli kuchlari nishonlarga zarba bera olmadi, deb hisoblaydi.

“Ko‘pchilik raketalar mo‘ljallangan nishonlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lishi mumkin va Ukraina uning hujumlarini to‘xtata oldi”, — deyiladi razvedka hisobotida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2018-yilda e’lon qilingan oltita “super qurol”dan biri bo‘lgan “Kinjal” Rossiyaning kelajakdagi harbiy doktrinasida muhim rol o‘ynaydi.

“Ukrainadagi urushda Rossiya bu qurollarni o‘zi uchun qimmatli va yaxshi himoyalangan nishonlar uchun saqlab qo‘ygan”, — deyiladi razvedka hisobotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »