Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida 500 kilovatt kuchlanishli raqamli “Halqa” podstansiyasi quriladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ushbu podstansiya 1602 MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega bo‘lib, uning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri iste’molchilarining elektr ta’minoti ishonchliligi oshiriladi. Shuningdek, Toshkent viloyatidagi “Keles” podstansiyasiga tushadigan yuklamani kamaytirishga erishiladi.

Podstansiya qurilish ishlarini “tayyor holda topshirish” sharti asosida amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra “O‘zelektroapparat-Elektroshit” AJ g‘olib deb topildi va shartnoma imzolandi.  Loyiha qurilish-montaj ishlarini 2024-yil yakuniga qadar yakunlash ko‘zda tutilgan

Shuningdek, “Halqa” podstansiyasini “Sirdaryo” IES va energetika tizimining boshqa podstansiyalari bilan bog‘lash uchun Toshkent viloyati (Quyi Chirchiq, Zangiota, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlari) hamda Sirdaryo viloyati (Sirdaryo tumani) hududida 213 kilometr uzunlikdagi 220 kilovatt kuchlanishli, 72 kilometr uzunlikdagi 500 kilovatt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Yangi 500 kilovatt kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi va 220, 500 kilovatt kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasi prezidentning “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan, Jahon banki kredit mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »