Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 116 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda National Business Daily.

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Gansu provinsiyasida 105 kishi, Sinxayda 11 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari 300 dan ortiq odam jabrlangan. Xitoy rahbari Si Szinpin keng ko‘lamli qidiruv amaliyotini o‘tkazishga chaqirdi.

Zilzila 19-dekabrga o‘tar kechasi shimoli-g‘arbiy Gansu provinsiyasida yuz bergandi. 6,2 magnitudali zilzila uchog‘i 10 kilometr chuqurlikda, epimarkazi esa Sinxay provinsiyasi bilan chegaradan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Ofat zonasida suv ta’minoti uzilgan, elektr uzatish liniyalari, shuningdek, transport infratuzilmasi obyektlari shikastlangan. Birgina Gansu provinsiyasida 4 782 ta uy zarar ko‘rgan. Rasmiylar milliy zilzila favqulodda choralar darajasini ikkinchi darajaga ko‘tardi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »