Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Mudofaa kuchlarining G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ammo AQSH shunga qaramay, Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyon.

“Biz allaqachon AQSH Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi urush jinoyatlariga aloqador bo‘lishni istamayotgani, biroq shu bilan birga Isroil rejimini falastinliklarga qarshi muvaffaqiyatsiz harbiy amaliyotida qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgani haqida signallarni olmoqdamiz”, — dedi u Dohada Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Tani bilan uchrashuvda.
 
Foto: Anadolu

Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi ularning siyosiy va harbiy mag‘lubiyati ko‘lamini yanada oshirishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi Abdullohiyyon Dohada Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashgani va u bilan G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi vaziyatni muhokama qilgani haqida ma’lum qilgandi. Bu HAMAS va Isroil o‘rtasidagi mojaro yana qizg‘in pallaga kirgan 7-oktyabrdan beri Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbarining Qatarga to‘rtinchi tashrifidir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »