Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaman shimolidagi hukmron “Ansor Alloh” harakati (husiylar) G‘azo sektoriga jangchilarni yuborish uchun umumiy safarbarlik boshladi. Bu haqda “Ansor Alloh” siyosiy byurosi a’zosi Xuzam al-Assad “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
“G‘azo sektorida xalqimizni qo‘llab-quvvatlash uchun umumxalq safarbarligiga kelsak, u barcha viloyatlarda boshlangan. O‘quv lagerlari ochildi, o‘n minglab yoshlar ixtiyoriy ravishda harbiy ko‘nikmalarni o‘rganishga kirishdi, Yamanning turli viloyatlaridagi bir qancha guruhlar allaqachon bitirgan”, — deydi manba.

Bu xalq armiyasi bo‘lib, G‘azoga yetib borish va harbiy amaliyotlarda qatnashish uchun sharoit va imkoniyatlari mavjud bo‘lsa, AQSH ko‘magidagi Isroil armiyasi tomonidan genotsidga uchragan g‘azoliklarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shimoliy Yaman hukumati tomonida harbiy amaliyotlarda tayyorgarlikdan o‘tayotgan zahiradagi askarlarning ishtiroki haqida gapirar ekan, al-Assad bu zarur emasligini ta’kidladi. Chunki “Yaman Respublikasi muntazam armiya va rivojlangan harbiy salohiyatga ega” ekani ta’kidlanadi.

  • Husiylar avvalroq Qizil dengizdagi Isroil bilan bog‘liq har qanday kemaga hujum qilishlari haqida ogohlantirib, boshqa davlatlarni o‘z ekipajlarini chaqirib olishga va dengizda ularga yaqinlashmaslikka chaqirgandi. Bir qator yuk tashish kompaniyalari Qizil dengiz orqali tashishni to‘xtatishga qaror qilgan.
  • Kemalarning hujumga uchrashi fonida AQSH Bahrayn, Angliya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari va Ispaniya davlatlari ishtirokida husiylarga qarshi Qizil dengizda operatsiya boshladi. 
  • Bunga javoban Yaman husiylar Qizil dengiz AQSH va uning ittifoqchilari uchun qabristonga aylanishidan ogohlantirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »