Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining qirq sakkizinchi yalpi majlisida senator Odiljon Iminov yerusti piyoda o‘tish ko‘priklarida o‘rnatilgan lift va eskalatorlar ishlamayotgani va ba’zi joylarda umuman o‘rnatilmaganini tanqid qildi. 

Odiljon Iminov
Foto: Oliy Majlis senati

Buning natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘lning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari yaqinda selektor yig‘ilishida 4 mingdan ortiq YTH sodir bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdilar. Hodisalarning 47 foizi piyodalarni yo‘lning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tishi natijasida sodir bo‘lgan. Albatta, buning ichida faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar emas, boshqa shaxslar ham bor. 

Shu masala yuzasidan ham mutasaddilardan tushuntirish berishlarini so‘ragan bo‘lar edik, –dedi senator.

Mazkur masalasa yuzasidan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva fikr bildirar ekan, bu holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda videolar ham tarqalganini aytib o‘tdi. 

Tanzila Norboyeva
Foto: Oliy Majlis senati

Keksalar, yosh bolalar, bolali ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar yerusti piyoda o‘tish ko‘priklaridan foydalanganda qiynalayotgani va tabiiyki, bundan ular norozi bo‘layotganligini guvohi bo‘lyapmiz. Masalan, Toshkent shahridagi Muqumiy, Abdulla Qodiriy, Shota Rustaveli ko‘chalardagi yerusti piyoda o‘tish ko‘priklarida lift va eskalatorlar ishlamayapti yoki umuman o‘rnatilmagan. 

Biz, birinchi navbatda, Toshkent shahri hokimligi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Senat, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi birgalikda tegishli idora va tashkilotlar bilan yuqorida aytilgan masalalarni ko‘rib chiqishimiz lozim.

Inklyuzivlik — tenglik va adolatning muhim asosidir. Bu jamiyatning har bir jabhasida bo‘lishi kerak, har bir kishi uchun jamiyat hayotida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Bu, ayniqsa, shaharsozlik va transportda muhim ahamiyatga ega: biz har bir inson jismoniy cheklanishlariga qaramay erkin harakatlanishini ta’minlashga intilishimiz kerak, – dedi Tanzila Norboyeva  

Senat raisi muammo yuzasidan o‘n kun muddatda yechimi ko‘rsatilgan takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »