Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 45 foizigacha yetishi mumkin. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Senatda o‘tkazilayotgan majlisda maʼlum qildi.

Jamshid Qo‘chqorov
Foto: Senat

Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, bir necha sohalarda yashirin iqtisodiyot ulushi ancha yuqori.

“Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha qattiq ishlashimiz kerak. Uning ko‘lamini rasmiy iqtisodiyotga taqqoslab oladigan bo‘lsak, ayrim baholarga ko‘ra 25–45 foizni tashkil etishi mumkin. Bu juda ham yuqori ko‘rsatkich. Yashirin iqtisodiyot ulushi qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori. Bu muammoga qarshi kurashish borasida Prezident administratsiyasi bilan birgalikda prezident qarori loyihasini tayyorlayapmiz. Hujjat yakuniga yetmoqda. Unda ko‘p choralar aks etadi. Xususan, naqd pul aylanmasini kamaytirish masalasi ham bor”— dedi vazir.

Avvalroq Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) respublikada yashirin iqtisodiyot ulushi yalpi ichki mahsulotning 40 foizidan 60 foizigacha yetishini tahlil qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »