Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Sergek” jamoatchilik va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning intellektual tizimi piyodalar o‘tish joylarida odamlarni o‘tkazmaydigan va xavfsizlik kamarini taqmaydigan haydovchilarni aniqlaydi. Bu haqda Respublika IIVga tayanib, “Kursiv” xabar berdi.

Foto: Polisia.kz

Loyihadan maqsad nima?

Loyihaning maqsadi haydovchilarning transport intizomini mustahkamlash va piyodalar bilan to‘qnashuvlar sonini kamaytirishdan iborat. E’tiborli jihati, tizim nafaqat qoidabuzarlik mavjudligini, balki kontekstni ham hisobga oladi.

“Agar haydovchi piyoda yo‘lni kesib o‘tgandan keyin o‘tib ketgan bo‘lsa, bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi. Biroq haydovchi piyodaga e’tibor bermay, unga yo‘l bermasa, qoidabuzarlik qayd etiladi va haydovchiga jarima solinadi. Tizim, shuningdek, piyoda va transport vositasi bir xil chorraha zonasida bo‘lgan qoidabuzarliklarga ham javob beradi”, — deyiladi xabarda.

Haydovchilar qanday jazolanadi?

Huquqbuzarlarga nisbatan Qozog‘iston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 600-moddasi (Yo‘l harakatida piyodalar yoki yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga ustunlik bermaslik) bo‘yicha jazo qo‘llanadi. Qoidalarni buzish 34,5 ming tenge (taxminan 75,60 dollar) miqdorida jarima to‘lashga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Sergek” pilot rejimida haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchining taqilmagan xavfsizlik kamarlari kabi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd qilishni boshlaydi. Qoidaga rioya qilmaslik 17250 tenge (salkam 38 dollar) miqdorida jarimaga olib keladi.

Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning 11 oyida 556 nafar piyoda avtomobillar g‘ildiraklari ostida halok bo‘lgan, ulardan 478 nafari piyodalar o‘tish joylarida qayd etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »