Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida pul o‘tkazmalari 2023-yilda qariyb 78 milliard dollarni tashkil etishini ma’lum qildi. Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi kamayib bormoqda. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Foto: “TASS”

Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida pul o‘tkazmalari 2021 va 2022-yillarda mos ravishda 15,5 va 18,5 foizga o‘sgan, 2023-yilda esa 1,4 foizga qisqarishi kutilmoqda. Biroq pul o‘tkazmalari hajmi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldingi holatga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Bu yilgi ko‘rsatkichlarning zaifligi asosan Rossiyadan qo‘shni davlatlarga pul o‘tkazmalarining sekinlashishi bilan bog‘liq.

Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi Rossiyadan katta hajmdagi pul o‘tkazmalarini olgan mamlakatlarda ularning hajmi bosqichma-bosqich kamaymoqda.

Xususan, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng ko‘p pul o‘tkazmalarini oluvchi O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari oqimi 2022-yildagi 16,7 milliard dollardan (YIMning taxminan 21 foizi) 2023-yilda 16,1 milliard dollargacha (YIMning taxminan18 foizi) qisqarishi taxmin qilinmoqda.

Infografika: Jahon banki

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari nega kamaymoqda?

Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmining kamayishini Rossiya hududlarida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonining kamaygani, Rossiyada inflyatsiyaning o‘sgani va o‘zbek so‘mi kursining Rossiya rubliga nisbatan qimmatlashgani bilan izohlash mumkin.

2023-yilda Rossiyadan pul o‘tkazmalari Ukrainadagi urush boshlanishidan oldingi — 2020-2021-yillardagi darajadan ancha yuqori. 

Rossiya O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining eng yirik manbai bo‘lib qolmoqda va bu mamlakatga yuborilgan umumiy pul o‘tkazmalarining qariyb 80 foizini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2019–2021-yillarda Rossiyadan yuborilgan pul jo‘natmalari O‘zbekistonga o‘tkazilgan jami pul o‘tkazmalarining yarmini tashkil qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »