Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yashirin ishchi o‘rinlari qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida ko‘p. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Senat yalpi majlisida maʼlum qildi.

Jamshid Qo‘chqorov
Foto: Senat

Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, O‘zbekistonda norasmiy bandlik ulushi juda yuqori.

“Yashirin ishchi o‘rinlari qaysi sohalarda xufiyona iqtisodiyot ulushi yuqori bo‘lsa, o‘shalarda, yaʼni qurilish, savdo va xizmat ko‘rsatishda ko‘p. Katta-katta obyektlarni qurgan tashkilot shtatida to‘rt nafar xodimi bo‘ladi. Aslida to‘rt odam u binolarni qurishining hech ham iloji yo‘q. Bu muammolarni hal qilish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Masalan, kelasi yilning 1-aprelidan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan qurilishga yangi tartib kiritamiz. Yaʼni bitta maktab quriladigan bo‘lsa, unga qancha ishchi kuchi kerakligi aniq belgilanadi.

Ikkinchidan, aytaylik, maktab qurilyapti, uning qurilish normalaridan kelib chiqilsa, bir nafar ish boshqaruvchi, to‘rt nafar betonchi va boshqa yo‘nalishdagi xodimlar kerak. Biz har bir xodim malakasini tasdiqlab, talab kiritish tizimini yaratmoqchimiz. Yaʼni tashkilotda to‘rt nafar betonchi ishlasa, qurilishning birinchi bosqichida “senda malakasi tasdiqlangan bir betonchi, bir pardozchi (yoki boshqalar) bor deymiz. Hozirda Kambag‘allikni qisqartirish vazirligi malaka talablarini ishlab chiqyapti. Keyingi bosqichda qurilish xodimlarini shu malaka talablari bo‘yicha imtihon qilishimiz kerak”, — dedi vazir.

Foto: Senat

Jamshid Qo‘chqorovning qo‘shimcha qilishicha, bir qator vazirlik va idoralar vakillari Samarqand tumani aholisining bandlik darajasini o‘rgangan.

“Tumanda ishsizlar soni rasmiy statistika bo‘yicha 10 ming nafar bo‘lsa, uyma-uy kirib chiqilganda ular soni 3 ming nafar bo‘lib chiqdi. Nima uchun? Chunki kimdir quruvchi, boshqa birovi norasmiy do‘kon ochib o‘tiribdi. Bir so‘z bilan aytganda, norasmiy bandlik juda ham katta va murakkab masala. O‘ylaymanki, bosqichma-bosqich tarzda norasmiy sektor ulushini keskin qisqartirishga erishamiz”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Foto: Senat

Majlisda aytilishicha, norasmiy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishchi–xodimlar uchun rasmiy ishlash manfaatli bo‘lishi kerak. Shundagina iqtisodiyotda yashirin ishchi o‘rinlari kamayib boradi. Jamshid Qo‘chqorov yaqinda qabul qilingan prezident qarorida norasmiy ishlayotganlarni qisman bo‘lsa-da, qonuniy ishlashga chorlaydigan chora mavjud.

“Eʼtibor bersak, hayotimizga ipoteka krediti kirib keldi. Daromadi bor inson bankka borib ipoteka oladi, unga tanish ham kerak emas. Prezident qarori bilan “Biznesni rivojlantirish banki” kichik biznes korxonasi oxirgi bir yilda uch xodimni legal ravishda, yaʼni soliqlarini to‘lab ishlatgan bo‘lsa, unga 100 million so‘mgacha kredit beriladi. Agar tadbirkor 10 nafar odamni rasmiy ishlatsa, unga bir milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ham tadbirkorlarning xodimlarni ochiq ishlatishdan manfaatdorligini oshirishdir”, — dedi vazir.
Foto: Senat

Majlisda Jamshid Qo‘chqorov shu yilning 11 oyida o‘z daromadlaridan soliq to‘lovchilar soni 520 ming nafarga oshganini ta’kidladi.

Avvalroq vazir yashirin iqtisodiyot ulushi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 45 foizigacha yetishi mumkinligini aytgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »