Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Meksika orqali noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga borgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi. Bu haqda UzReport telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning oktyabridan 2023-yilning oktyabriga qadar AQSHda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolardan birining aytishicha, Nikaraguadan Meksika orqali AQSH chegarasidan o‘tkazish uchun 5 ming dollar to‘lash kerak. Bundan tashqari, u sheriklari bilan yo‘lda xorij davlatlarining mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari to‘xtatganida 1,5—2 ming dollar bergan.

Yana bir vatandoshga ko‘ra, u to‘rt oy davomida AQSH qamoqxonasida saqlangan.  

Sentyabr boshida AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati O‘zbekistondan AQSHga odamlarni noqonuniy olib kirishga uringan jinoiy tarmoqni aniqlashga va faoliyatini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilingan edi. 11-sentyabr kuni Samarqandda 14 ming dollar evaziga Samarqand—Istanbul—Madrid—Nikaragua yo‘nalishi bilan AQSHga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingandi

Noyabr oxirlarida AQSH Ichki xavfsizlik departamenti AQSH—Meksika chegarasi orqali Amerikaga kirishga urinayotgan fuqarolarini chiqarib yuborish siyosati bo‘yicha o‘zgartirishlarni e’lon qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »