Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik yozuvchi Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olishni va uning aholisiga rus tilini o‘rgatishni taklif qilib chiqdi. Uning nazdida migrantlar muammosini shunday yo‘l bilan hal qilish mumkin. Prilepinning ta’kidlashicha, “migrantlarni Rossiyada emas, balki ular kelgan davlatlarda, masalan, O‘zbekistonda o‘qitish kerak.

Zaxar Prilepin.
Foto: “Kommersant.ru”
Men hazillashayotganim yo‘q. Biz Sovet Ittifoqini qayta tiklash mavzusini ko‘taramiz. Bu bizga istalgan vaqtda: “Bizning ikki million fuqaromiz sizning hududingizda ekan, biz sizning hududingizga da’vo qilamiz. Chunki ko‘pchilik allaqachon shu yerda, hattoki bunga ovoz berishgan”, deb aytishga imkon beradi, — deydi yozuvchi.

Mazkur chiqishga javob qaytargan Oliy Majlis deputati Inomjon Qudratov Zaxar Prilepindan “do‘stlikka rahna solmaslikni” so‘radi.

Inomjon Qudratov.
Foto: Xabardor.uz

Kaykovusning Qobusnoma asarida “Aqlsiz do‘st aqllik dushmandin yomonroqdur”, degan naql bor. Bu “do‘st” dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida notinchlik yuz berayotgan, qonli mojarolar avj olayotgan, buning natijasida tinch aholi jabr ko‘rayotgan, uy-joyidan, mol-mulkidan ayrilib boshpanasiz, himoyasiz qolayotgan ayni zamonda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlikka rahna solish niyatini bildirdi. Janob Prilepin shuni yaxshilab o‘qib oling! O‘zbekiston mustaqil, suveren davlat. Uni bosib olishga, unda o‘z hukmini o‘tkazishga, xorijiy til o‘rgatishga hech kimning haqqi yo‘q va bunday surbetlik bilan e’lon qilingan fikrlar na xalqaro huquqqa, na sog‘lom aqlga to‘g‘ri keladi.

Aksincha, urushni targ‘ib qilish bu jinoyatdir. Shuni g‘urur bilan aytamizki, mamlakatimizda tinchlik-totuvlik hukm surayotgani, bunyodkorlik ishlari izchillik bilan davom etayotgani, iqtisodimiz yuksalayotgani, sportchilarimiz zabt etayotgan shohsupalar, erishayotgan yutuqlarimizning barcha-barchasi mamlakatimiz qudratidan dalolatdir. Bizning ulug‘ xalqimiz muqaddas huquqimiz — mustaqilligimizni hech kimga, hech qachon berib qo‘ymaydi! Mustaqilligimizni, suverenitetimizni, davlat chegaralarimiz daxlsizligini himoya qilishga kuch-qudratimiz ham, jur’atimiz ham yetarli, — deydi Oliy Majlis deputati.

Jurnalist va bloger Muhrim A’zamxo‘jayev bu chiqishga javob qaytarar ekan, “Kelgusida mana shunday tentakliklar bo‘lmasligi uchun ham O‘zbekistonga umuman kiritilmaydigan sovetparast chet elliklar ro‘yxati shakllantirilishi va ochiq tanishishga imkonli bir ko‘rinishda e’lon qilinishi kerak — ular O‘zbekistonga kelgani hamonoq aeroportning o‘zidan deportatsiya qilinishi va umuman qorangni ko‘rmaylik bu yerda, deb tushuntirib yuborilishi shart”, dedi.

Muhrim A’zamxo‘jayev
Foto: “Daryo”
Bu ro‘yxatga duch kelgan odam kiritilavermaydi, aynan xatti-harakatlari, gapirgan gaplari O‘zbekiston mustaqilligiga tahdid sifatida ko‘rilgan shaxslar asos bilan kiritiladi, — deydi bloger. 

Muhrim A’zamxo‘jayevga ko‘ra, SSSRni qayta tiklash haqida gapirish bu — O‘zbekistonga, uning mustaqilligiga tajovuz qilishdek gap. Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev esa “Bunaqa ifloslarga Tashqi ishlar vazirligi rasmiy javob berishi shart va zarur”, dedi. 

Birinchidan, bunaqa ahmoqlarga, albatta, rasmiy javob berilishi kerak. Turli nodavlat tashkilot vakillarining bayonotlari bilan cheklanmaslik zarur. Albatta, rasmiy, davlat pozitsiyasini ifodalovchi, qat’iy va dadil javob bo‘lishi shart. Ikkinchidan, bunaqa potensial bosqinchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan ochiq da’vat qilish (Jinoyat kodeksi 159-modda) aybi bilan sirtdan jinoyat ishi qo‘zg‘ash kerak. Buning uchun barcha yetarli dalillar bor. Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab bo‘la oladi.

Uchinchidan, Muhrim aytganidek, “SSSR qanday parchalangan bo‘lsa, o‘sha holida tiklanishi kerak”, “SSSR noqonuniy parchalangan, uning parchalanishi haqidagi hujjatlar noqonuniy va haqiqiy emas”, degan gaplar ham O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, deya baholanishi kerak. O‘zbekiston hududida ham kimdir shu kabi gaplarni aytsa, albatta, jazolanishi shart. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston mustaqilligini shubha ostiga qo‘yadigan, Vatanimizni yana mustamlaka qilishga olib boradigan har qanday targ‘ibotga ayovsiz chora ko‘rilishi kerak. “Ha, mayli endi, so‘z erkinligi bu, shaxsiy fikrini aytibdi”, degan bahonalar o‘tmaydi. Har qanday so‘z erkinligining chegarasi bor. Vatan mustaqilligi mavzusi muqaddas bo‘lishi shart va zarur, bu mavzuda boshqacha talqinlarga o‘rin yo‘q, — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Foto: ia-centr.ru

Davletovuz” Telegram kanali muallifi ham bu holatga javob qaytarib, “Bunday tahdidlarga aniq va keskin javob qaytarilishi, Rossiya elchisidan izoh talab qilinishi kerak. Va albatta, umrbod qora ro‘yxatga kiritilishi lozim”, deb yozdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »